IMEI'dan foydagacha, hammasi bir joyda
Ombor, sotuv, almashtirish, mijoz qarzi va kunlik kassa. Daftarsiz, kun oxirida pul qayerga ketganini aniq bilasiz.
Daftar va Excel'dan Tel-Sot'ga
Telefon do'konida har kuni bo'ladigan muammolar va ularning yechimi.
Farqni birinchi kunning o'zida sezasiz. 14 kun bepul, hamma imkoniyatlar ochiq.
Bepul sinab ko'rishHar kuni nima bo'layotganini ko'rasiz
Savdo, foyda, to'lovlar va sotuvchilar bitta ekranda.
| Vaqt | Tovar | To'lov | Mijoz | Narx |
|---|---|---|---|---|
| 14:32 | iPhone 16 · 128GB | Naqd | Aziz K. | 12 000 000 |
| 13:05 | Galaxy S24 · 256GB | Karta | Nodira S. | 11 200 000 |
| 11:48 | iPhone 14 · 128GB | Qarz | Bekzod T. | 7 800 000 |
| 10:17 | AirPods Pro 2 | Naqd | — | 2 450 000 |
Tizim ko'rinishi, raqamlar namuna uchun.
Bitta sotuv, 4 qadam
IMEI kiritiladi
Skanerlang yoki oxirgi 4 raqamni yozing. Telefon, narxi va holati darhol chiqadi.
To'lov bo'linadi
Naqd, karta, o'tkazma yoki qarz. Tizim qoldiqni o'zi hisoblaydi.
Eski telefon olinadi
Almashtirishda eski telefon narxi to'lovga qo'shiladi va omborga tushadi.
Kassa yangilanadi
Sotuv tugagach chek chiqadi, ombor, qarz va kunlik hisobot o'zi yangilanadi.
Telefon savdosiga moslab qurilgan
Umumiy dastur emas: IMEI, almashtirish va qarz bilan ishlaydigan do'kon uchun.
Har bir telefon o'z IMEI'si bilan
Kelgan narxi, holati, batareyasi, qaysi filialda turgani va butun tarixi. Skaner bilan bir soniyada topiladi.
Kim qancha qarz, aniq
Limit, qisman to'lovlar va mijozning xarid tarixi.
Smena va kunlik hisobot
Ochish, yopish, chiqim va topshiriladigan pul.
Bitta sotuvda bir nechta to'lov
Naqd, karta, o'tkazma, qarz va eski telefon. Tizim qoldiqni o'zi hisoblab, xatoni o'tkazib yubormaydi.
Almashtirish
Eski telefon to'lov sifatida olinadi va o'zi omborga tushadi.
Bron
Mijoz zaklad berib telefonni band qiladi, boshqasiga sotilib ketmaydi.
Ta'minotchilar
Kirim hujjatlari, ularga qarzingiz va to'lovlar.
Filiallar
Tovarni filiallar orasida ko'chiring, har birini alohida ko'ring.
Inventarizatsiya
Ombordagi qoldiqni sanaysiz, kamomad darhol ko'rinadi.
Telegram hisobot
Kunlik yakun va smena yopilishi telefoningizga keladi.
Amallar tarixi
Kim narxni o'zgartirdi, kim qaytardi: hammasi yozib boriladi.
Hisobot va Excel
Sof foyda, sotuvchilar reytingi, eng ko'p sotilgan tovarlar.
Bitta do'kondan tarmoqqacha
Bitta do'kon egasi
Daftar va Excel o'rniga ombor, qarz va kunlik foyda bir ekranda.
Filiallar tarmog'i
Savdo, kassa va qoldiqni har filial bo'yicha yoki hammasini birga ko'rasiz.
Kassir va sotuvchi
Faqat o'z filiali va kerakli amallar. Foyda va sozlamalar egasida.
Boshlash oson
- 1
So'rov qoldiring
Do'kon nomi va telefon raqamingizni yuborasiz.
- 2
Biz bog'lanamiz
Administrator akkaunt ochib, login va parolni beradi.
- 3
Savdoni boshlaysiz
Tovarlarni qo'shasiz va birinchi sotuvni qilasiz.
Do'koningiz hajmiga qarab
Avval bepul sinab ko'rasiz, keyin kelishamiz.
Ko'p beriladigan savollar
Javob topilmadimi? So'rov qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.
Qanday ulanaman?+
"So'rov yuborish" tugmasini bosib, do'kon nomi va telefon raqamingizni qoldiring. Administrator siz bilan bog'lanadi va akkaunt ochib beradi.
Sinov muddati qancha?+
Akkaunt ochilgan kundan boshlab 14 kun. Bu vaqtda tizimning hamma imkoniyatlaridan foydalanasiz.
Dasturni o'rnatish kerakmi?+
Yo'q, Tel-Sot brauzerda ishlaydi. Telefonda uni bosh ekranga qo'shib, ilova kabi ochish mumkin. Ishlashi uchun internet kerak.
Dollarda ishlasa bo'ladimi?+
Ha. Do'kon ochilganda valyuta tanlanadi: so'm yoki dollar. Narx, kassa, qarz va hisobot shu valyutada yuritiladi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?+
Har bir do'konning ma'lumoti boshqalaridan ajratilgan. Xodimlar faqat o'z ruxsati doirasida ko'radi, muhim o'zgarishlar tarixga yoziladi.
Nechta filial qo'shish mumkin?+
Filiallarni sozlamalardan qo'shasiz. Har birida savdo, kassa va ombor alohida yuritiladi, egasi hammasini birga ko'radi.
Do'koningizni ulang
14 kun sinab ko'ring. Akkauntni o'zimiz ochib beramiz.